2019-05-22

Green Card dasturi bekor qilinadimi?

Green Card dasturi bekor qilinadimi?

AQSH prezidenti Donald Tramp grin karta olish tartibiga kiritilajak o‘zgarishlar loyihasini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, lotereya tizimi bekor qilinib, o‘rniga huddi Kanadadagidek balli tizim joriy etiladi. Ya'ni, AQSHga ko‘chib bormoqchi bo‘lgan da'vogar yoshi, bilim darajasi, ingliz tilini bilishi, ish tajribasiga asosan baholanadi va belgilangan balldan yuqori to‘plagan kishilarga grin karta beriladi. Hozirgi kunda esa grin kartani olish uchun ingliz tilini bilish, yuqori malakali bo‘lish shart emas.

Bundan tashqari, bu loyiha grin karta egalarining o‘z oila a'zolarini Amerikaga chaqirish tartibiga ham o‘zgartirish kiritadi. Lekin bu loyiha Amerika Prezidenti Donald Trampning orzusidagi loyiha.

Yana qaytaraman — bu hali shunchaki loyiha. Uni Trampning kuyovi Jared Kushner ishlab chiqqan (ulardayam qarindosh-urug‘chilik!).

Grin karta olish tartibiga o‘zgartirish kiritish prezident qo‘lida emas. Bu loyihani AQSH parlamenti qo‘llasagina u qonunga aylanishi mumkin. Lekin grin karta dasturi tugatildi, yopildi
degan mish-mishlar har yili shu vaqtda avjiga chiqadi. Sizlarni har xil OAVlarga e'tibor bermastlikni so'rab qolamiz. bu yilgi o‘ynaladigan grin kartaga bu o‘zgarish ta'sir qilmaydi, chunki hozir Amerika siyosatida juda beqaror ruh hukmdor.

donald-tramp-like