Greencard.uz @greencards_uz

Viza navigator

AQSh elchixonasida AQSh vizasi bo'yicha yordam kerakmi? Bizning Navigator sizni kerakli ma'lumotga yo'naltiradi va bizdan yordam olishingizda ko'mak beradi.

Turli millatga mansub immigrantlar vizasi (Green-Card) 
  • 1. DV dasturida qanday ishtirok etishim mumkin? 
    Diversity Visa dasturi bo'yicha murojaatlar yilning ma'lum bir muddati ichida ko'rib chiqiladi. Ro'yxatdan o'tish uchun, DV dasturi veb-sahifasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
  • 2. DV dasturida saralab olindim. Suhbat sanasini hozir belgilab, keyingi jarayon haqida ma'lumot bera olasizmi? 
    Kentukki Konsullik Markazi (KCC) dastur bo'yicha barcha suhbatlarni belgilaydi. AQSh Elchixonasi, KCC sizning suhbat sanangizni belgilab berguniga qadar, sizning ishingiz yoki suhbatingiz bo'yicha qo'shimcha ma'lumot taqdim etish imkoniyatiga ega emas.Shuni ham inobatga olingki, suhbat sanangiz belgilanganidan so'ng, AQSh Elchixonasi sizning ishingiz bo'yicha ma'lumotga ega bo'lishiga qadar orada kechikish bo'lishi mumkin. 
  • 3. DV dasturi bo'yicha suhbatga qanday hujjatlarni olib kelishim zarur? 
    Quyida Diversity Visa dasturi bo'yicha belgilangan immigratsion viza suhbati kuni olib kelish talab etilgan hujjatlar ro'yxati keltirilgan. Iltimos barchasini ko'zdan kechiring va immigratsion viza murojaatingizni ko'rib chiqishda kechikish yuzaga kelmasligi uchun barcha talab etilgan hujjatlarni olib kelishingizga ishonch hosil qiling. 
    • DS-260 anketasining tasdiqlangan sahifasi: Har bir immigratsion viza murojaatchisi uchun onlayn DS-260 anketasini to'ldiring hamda tasdiqlangan sahifasini chop eting.
    • Berilgan kundan kamida sakkiz oylik amal qililish muddatiga ega amaldagi xorijiy pasport.
    • Oxirgi olti oy ichida, och rangli fonda va ravshan fokusda suratga olingan ikki dona bir xil rasm (5sm x 5sm, 2 dyuym x 2 dyuym) kerak bo'ladi. Fotosurat ko'zoynaklarsiz va murojaatchising kameraga tekis qaragan holda olingan bo'lishi kerak.Rasmlarga bo'lgan talablar bilan tanishib chiqing.
    • Siz va viza murojaatingizga kiritilgan har bir murojaatchining, shuningdek, hozirgi vaqtda immigratsiya qilish maqsadi bo'lmagan, 21 yoshdan kichik va turmush qurmagan farzandlarning tug'ilganlik haqida guvohnomasining asli va nusxasi: Har bir tug'ilganlik haqida guvohnomada ikkala ota-ona ismi va tug'ilgan yeri kiritilgan bo'lishi shart. Farzandning tug'ilganlik haqida guvohnomasiga onaning qizlik familiyasi, ya'ni turmush qurgunga qadar qo'llagan familiyasi kiritilgan bo'lishi kerak. 
    • Ism o'zgartirganlik haqida guvohnomalar: Agar siz yoki viza murojaatingizga kiritilgan murojaatchi, qonunan ismi sharifini o'zgartirgan bo'lsa, siz u shaxs uchun ism o'zgartirganlik haqida guvohnomaning asl nusxasini taqdim etishingiz kerak.
    • Agar turmush qurgan bo'lsangiz, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomaning asli yoki hujjat taqdim etuvchi vakolatli davlat organi tomonidan berilgan tasdiqlangan nusxasini va ularning skanerlangan nusxalarini, har bir turmush o'rtoq uchun olib kelishingizni so'raymiz. Agar avval turmushda bo'lgan bo'lsangiz, har bir avvalgi nikoh qonunan bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarning (masalan, turmush o'rtoqning o'limi haqida guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi yoki ajrashganlik bo'yicha yakuniy sud qarori) asl nusxalarini taqdi etishingiz shart.Barcha taqdim etilgan asl hujjatlar siz viza murojaatingiz bo'yicha KCC ga taqdim etgan hujjatlar bilan bir xil bo'lishi zarur. 
    • 16 yoshga to'lgan va undan katta barcha murojaatchilar, olti oydan ko'proq muddat yashagan barcha davlatlardan sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma taqdim etishlari kerak. Agar siz hayotingiz davomida hibsga yoki qo'lga olingan, yoki jinoyat uchun sudlangan bo'lsangiz, ichki ishlar organlaridan, sud, qamoqxona yoki tegishli joylardan taqdim etilgan hujjatlarning asli yoki tasdiqlangan nusxalarini, hattoki ayblov to'liq bekor qilingan, jazodan ozod yoki avf etilgan bo'lsangiz ham taqdim etishingiz kerak.Siz ushbu sud va qamoqxona hujjatlarining har birining tasdiqlangan ingliz tilidagi tarjimasini taqdim etishingiz kerak.
    • AQSh o'rta ta'lim dasturiga teng ta'limni tamomlaganlikni tasdiqlovchi umumiy o'rta ta'lim shadodatnomasi yoki diplomi va nusxasi. 9-sinfni va undan so'ng kasbiy yoki texnik o'quv muassasasini yakunlagan murojaatchilar, so'nggi olgan ta'lim dasturlari bo'yicha olgan fanlari asosida dastur talablariga javob berishlari mumkin. Ta'lim bo'yicha talablarga javob berishda ishonchi komil bo'lmagan murojaatchilar, mehnat daftarchasini ham olib kelishlari mumkin.Ta'lim bo'yicha talablar bilan bog'liq batafsil ma'lumot DV dasturi veb-sahifasida keltirilgan. Ushbu talab faqatgina asosiy viza murojaatchisiga taalluqlidir, murojaatchining turmush o'rtog'i yoki farzandlardan ta'lim hujjatlari talab etilmaydi.
    • Harbiy xizmatga ro'yxatdan o'tgan yoki xizmat qilgan bo'lsangiz: Harbiy guvohnoma yoki harbiy xizmatga ro'yxatga o'tganlik haqida ma'lumotnoma taqdim etishingiz shart. 
    • DV dasturi uchun ma'muriy to'lov miqdori har bir murojaatchi uchun $330 USD ni tashkil etadi.
    • Hujjatning asli ingliz tilida bo'lmagan barcha hujjatlarning ingliz tiliga tarjimasi taqdim etilishi kerak. 
    To'liq ma'lumot uchun, suhbatdan avval talab etilgan hujjatlar ro'yxati  bilan tanishib chiqing.
  • 4. DV immigratsion ishimni sizning Elchixonangizga ko'chirishim mumkinmi? 
    Toshkentdagi AQSh Elchixonasiga, O'zbekistondan tashqari boshqa davlat murojaatchilaridan, "Diversity Visa" dasturi bo'yicha immigratsion ishni ko'chirish bo'yicha juda ko'plab murojaatlar kelmoqda. Hozirgi vaqtda biz, turli Konsullik xizmatlariga bo'lgan talablar ortib kelayotgani bois, O'zbekiston fuqarosi va rezidenti bo'lmagan shaxslardan ushbu dastur bo'yicha immigratsion ishni ko'chirish murojaatlarini qabul qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Kelgusida bo'sh suhbat o'rinlari yuzaga kelgan holatda, murojaatchilar bilan bog'lanib, xabar beradi. 
  • 8. DS-260 anketamga qanday qilib o'zgartirish kiritishim yoki ishimga oila a'zolarimni qo'shishim mumkin? 
    Agar immigratsion ish raqamingiz ko'rib chiqish uchun ruxsat berilgan bosqichda bo'lsa va KCC dan suhbat xatini qabul qilib olgan bo'lsangiz, quyida berilgan yo'riqnomalarga amal qiling:
    ConsularTashkent@state.gov elektron manziliga quyidagi maʼlumotni yuboring:
    • USHBU MAVZU SATRIDAN FOYDALANING:  MXX - DV ANKETANI OCHISH - TO'LIQ ISM
    • Familiya
    • Ism
    • Ish raqami
    • Pasport raqami
    • Suhbat belgilangan sana
    • Holatingiz bo'yicha aniqlik kiriting
      Agar ish raqamingiz ko'rib chiqish uchun amalda bo'lmasa va KCC hali suhbat sanasi belgilamagan bo'lsa, murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri KCCga yuborishingiz zarur.

Doimiy Qonuniy Rezidentlar (Green-Card)

Doimiy rezidentlar bir yilgacha bo'lgan muddat ichida AQShdan tashqariga chiqishlari mumkin, bu holatda ular AQShga qayta kirish vaqtida hech qanday muammoga duch kelmaydi.Agar siz doimiy rezident bo'lsangiz va mamlakatdan tashqarida bir yildan ortiq muddat davomida qolgan bo'lsangiz,AQShga qaytadan kirish uchun murojaat etishingiz kerak bo'ladi.

Qaysi variant sizning murojaatingizni to'liq aks ettiradi?

  • 1. Men doimiy rezidentman ammo AQShga qaytib borish uchun amaldagi grin-kartaga ega emasman. Nima qilishim mumkin? 
    Agar AQShdan tashqarida bir yildan kam muddat ichida qolgan bo'lsangiz yoki AQShdan tashqarida bir yildan ortiq muddat qolish uchun kerakli ruxsatnomangiz (qaytib kirish uchun ruxsatnoma) bo'lsa, Konsullik bo'limi pasportingizga, AQShga qaytib kirishingizga ruxsat beruvchi vaqtinchalik hujjat (Boarding Foil) urib berishi mumkin.

    Boarding Foilga murojaat etish uchun, quyidagi yo'riqnomalarga amal qiling: 
     
     
    2.  ConsularTashkent@state.gov elektron manziliga quyidagi maʼlumotni yuboring:  
    • USHBU MAVZU SATRIDAN FOYDALANING: M44 - BOARDING FOIL -TO'LIQ ISM
    • Familiya
    • Ism
    • Rezident raqami (A#): Agar bu raqam sizda bo'lmasa, uni olish uchun to'g'ridan-to'g'ri USCISga murojaat qilishingiz zarur.
    • Pasport raqami
    • Safar sanasi
    • Murojaatingiz bo'yicha aniqlik kiriting
         XATGA BIRIKTIRISH
    • To'ldirilgan I-131A nusxasi
    • Pasport nusxasi
    • To'lov tasdig'i
    • Grin-karta nusxasi (agar mavjud bo'lsa)
    3. SUHBATDAN O'TING 
    • KERAKLI HUJJATLAR: Quyida qayta kirish ruxsatnomasi (Boarding Foil) bo'yicha suhbatdan o'tish uchun talab etiladigan hujjatlar ro'yxati berilgan:
      1. To'ldirilgan I-131A anketasi(Qayta kirish uchun ruxsatnoma- Travel Document)ning chop etilgan nusxasi
      2. $575 to'lov amalga oshirilganligini ko'rsatuvchi kvitantsiya nusxasi yoki to'lov tasdig'ining varag'i. Doimiy rezidentlar to'lovni AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmati (USCIS) ning maxsus onlaynELIS veb-sahifasidagi "I-131A formasi murojaati bo'yicha to'lov" (Click to pay the form I-131A) tizim orqali amalga oshirishlari mumkin.
      3. Pasportning asli va pasportning asosiy sahifasining nusxasi 
      4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligining tegishli bo‘linmasi tomonidan berilgan I-551 shakli yo‘qolganligi yoki o‘g‘irlanganligi haqidagi ma'lumotnoma yoki topilmalar idorasidan ma'lumotnoma, ingliz tiliga tarjimasi bilan;
      5. AQShni bir yildan kam bo‘lgan muddatga tark etganlikning isboti (masalan: samolyot biletlari, pasportdagi kirish/chiqish muhrlari yoki shu kabi boshqa ma'lumot)
      6. Agar mavjud bo‘lsa, AQShda qonuniy maqom mavjudligining isboti (masalan: yo‘qolgan/o‘g‘irlangan I-551 shaklning nusxasi);
      7. Bir dona, hajmi 5smx5 sm, oq fonda olingan fotosurat.
    • JARAYON: Qayta kirish ruxsatnomasini (Boarding Foil) olish jarayoni 7 ish kunini tashkil etadi hamda hujjat to'rt hafta  davomida amal qiladi.
  • 2. Men doimiy rezidentman va AQShdan tashqarida bir yildan ortiq qolib ketdim. Nima qilishim mumkin? 
    Doimiy rezidentlar AQShdan tashqariga safar qilishlari mumkin va odatda, vaqtincha yoki qisqa muddatga qilingan safarlar sizning doimiy rezidentligingizga ta'sir qilmaydi. Biroq, sizning AQShda doimiy yashash maqsadingiz bo‘lmagan deb topilsa, siz doimiy rezidentlik maqomingizdan voz kechgansiz deb hisoblanasiz. Odatda, sizning AQShdan tashqarida bir yildan ortiq bo‘lganingiz mezon sifatida qo‘llaniladi.
    Doimiy rezident sifatida xalqaro safarlar haqida qo‘shimcha ma'lumot uchun AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmati (USCIS)ning veb sahifasiga o'tishingizni so'raymiz.
     
    Agar qaytayotgan rezident vizasiga murojaat etish istagida bo'lsangiz, xorijda bo'lgan muddat davomida hech qanday holatda AQShga qaytish uchun mutlaqo imkoniyatingiz bo'lmaganini,hamda qayta olmaslik sabablari sizning nazoratingiz ostida bo'lmaganini isbotlab berishingiz kerak bo'ladi. Ushbu viza toifasi bo'yicha ijobiy qaror berilish ehtimoli juda past, AQShdan tashqarida qolgan butun muddat uchun juda asosli/jiddiy sababga ega bo'lishingiz kerak.Konsullik Ofitseri murojaatchi taqdim etgan sabablarning asosli/qoniqarli ekanligini aniqlash va qaytayotgan rezident viza talablariga javob berish/bermasligingiz bo'yicha qaror qabul qilish uchun suhbat olib boradi.

    Rad javobi berilgan holatda, amalga oshirilgan to'lov qaytarib berilmaydi hamda qayta immigratsiya qilishingiz uchun oila a'zolaringizdan biri petitsiya bilan murojaat qilishi kerak bo'ladi.
    Agar AQShga o'z nazoratingiz ostida bo'lmagan sabablar tufayli qayta olmaganingizni va AQSh bilan doimiy mustahkam aloqalarni saqlab kelganingizni ko'rsatib berishingizga ishonsangiz, quyidagi yo'riqnomalarga amal qiling:
    ConsularTashkent@state.gov elektron manziliga quyidagi maʼlumotni yuboring:  
    • USHBU MAVZU SATRIDAN FOYDALANING: M44 - SB-1 - TO'LIQ ISM
    • Familiya
    • Ism
    • Rezident raqami (A#): Agar bu raqam sizda bo'lmasa, uni olish uchun to'g'ridan-to'g'ri USCISga murojaat qilishingiz zarur.
    • Pasport raqami
    • Safar sanasi
    • Murojaatingiz bo'yicha aniqlik kiriting
    Suhbat kuni quyidagi hujjatlarni taqdim etishingiz talab etiladi:
    • Ingliz tilida to'ldirilgan DS-117 Shakli (PDF 25 KB);
    • Pasport (asli va bir dona nusxasi);
    • DS-117 shaklida ta'kidlab o'tilgan hujjatlar (asli va nusxalari);
    • $180 to'lovni amalga oshiring.
    Viza murojaatingiz ma'qullangan holatda, biz immigratsion viza suhbat sanasini belgilab beramiz va o'sha vaqtda sizga qo'shimcha ma'lumot berib o'tamiz.



    Ko‘p beriladigan savollarga javoblar

    • 1. Qanday qilib Green Card dasturida to’g’ri va xatolarsiz anketa to’ldirish mumkin? 
      DV rasmiy saytida ro’yxatdan o’tish faqatgina kuz faslida bo’lsa, bizning saytimiz orqali siz yilning istalgan paytida anketa to’ldirib qo’yishingiz mumkin.
    • 2. Green Card dasturida ishtirok etish uchun Xalqato (Загран) pasport muhimmi? 
      Muhim emas, agar sizda hozirda biometrik pasport bo'lsa siz bizning saytimiz orqali anketa to'ldirib ishtirok etishingiz mumkin.
    • 3. Green Card dasturida ishtirok etish pullikmi? 
      Ha, saytimiz orqali anketa to'ldirish narxlari: bo'ydoqlar yoki yakka anketa uchun 90 000 so'm, Oilali anketa uchun 120 00 so'mni tashkil etadi.
    • 4. Qanday qilib tasdiqlov kodi ya'ni (confirmation number) ni olaman? 
      Confirmarion numberni @gcuzbot manzilidan sizga beriladigan ID raqam yoki anketada ko'rsatilgan pasport ma'lumotlaringiz bo'yicha 24/7 mutlaqo bepul yuklab olishingiz mumkin.
    • 5. Green Card lotereyasida ishtirok etganimdan so'ng na'tijani qanday aniqlaman? 
      Biz barcha mijozlarimizning profillarini tekshiramiz, agar ular g'olib bo'lsa biz u bilan ariza formasida ko'rsatilgan aloqa ma'lumotlari orqali bog'lanamiz.
    • 6. Green Card lotereyasini yutish ehtimoli qanday? 
      Statistik ma'lumotlarga ko'ra, taxminan 82 ta anketadan bittasi yoki 41 tadan oilaviy anketadan bittasi g'olib bo'ladi (chunki oilalilar ikkita anketa yuborishni mumkin: biri er va ikkinchisi xotin uchun).
    • 7. Green Cardga AQShdagi do'stlarim yoki qarindoshlarimga yuborib anketa to'ldirsam g'olib bo'lishim ehtimoliga ta'sir qiladimi? 
      Ariza shakli qayerdan yuborilganligi va hozirda ariza beruvchining qayerda joylashganligi farq qilmaydi. Muhim bo'lgan yagona narsa - bu sizning sifatli rasmingiz va arizangizni to'g'ri to'ldirishdir.
    • 8. Green Card natijalarini qanday bilsam bo'ladi? 
      Biz barcha mijozlarimizga tasqilov kodi ya'ni (Confirmation number) ni mutlaqo bepul taqdim qilamiz.
Anketa to‘ldirish