Bugun dunyo tarixidagi eng dahshatli voqealardan biri — 2001-yil 11-sentabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi “Egizak minoralar” (Twin Towers) fojeasi yuz berganiga 24 yil bo‘ldi.
Bu kun butun insoniyat uchun terrorizmning qora kuni sifatida tarixda muhrlangan. Minglab begunoh insonlar hayotdan ko‘z yumdi, butun dunyo esa birdamlikda bu fojiani qayg‘u bilan esladi.
Biz ushbu kunda qurbon bo‘lgan insonlarni yod etamiz.