Greencard.uz @greencards_uz

Shavkat Mirziyoev AQSH elchisidan ishonch yorlig'ini qa'bul qildi.

Shavkat Mirziyoev AQSH elchisidan ishonch yorlig'ini qa'bul qildi.
2019-06-01
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 31 may kuni Gruziya, Аmerika Qoʼshma Shtatlari va Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Zurab Аbdushelishvili, Deniel Rozenblyum va Kan Chje Kvondan ishonch yorliqlarini qabul qildi. 
Davlatimiz rahbari elchilarni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini boshlagani bilan samimiy tabriklab, ularga ushbu sharafli va masʼuliyatli vazifada muvaffaqiyatlar tiladi.
 
Davlatimiz rahbari Oʼzbekiston Respublikasi va Аmerika Qoʼshma Shtatlarining doʼstlik va har tomonlama hamkorlik ruhidagi ikki tomonlama munosabatlarida yuksak darajaga erishilganini yuqori baholadi.
 
Oʼtgan yil may oyida АQShga amalga oshirilgan oliy darajadagi tarixiy tashrif mamlakatlarimiz strategik sherikligida yangi bosqichni boshlab berdi.
Anketa to‘ldirish