Greencard.uz @greencards_uz

Dastur haqida

Green Card nima?

Green Card Lotereyasi — AQSh hukumati tomonidan e’lon qilingan “DV Lottery” dasturi har yili dunyoning ko’plab mamlakatlaridan minglab odamlarga AQShga kelib yashash orzusini ro’yobga chiqarish imkoniyatini beradi. Siz ham buni qo’ldan boy bermang!

Green Card dastur haqida ma'lumot: Kongress qarori bilan joriy etilgan “Turli millatlarga mansub immigrantlar viza dasturi –DV” har yili Davlat Departamenti tomonidan boshqariladi. Immigratsiya va Fuqarolik Aktining (IFA) 203(s) bo‘limi Amerika Qo‘shma Shtatlariga tarixan immigratsiya ko‘rsatkichi past davlatlardan bo‘lgan “turli millatlarga mansub immigrantlar” deb ataluvchi immigrantlar sinfini joriy etadi.

2020-soliq yilida 50000 nafar “turli millatlarga mansub immigrantlar” (DV) vizalari mavjud bo‘ladi. DV dasturida ro‘yxatdan o‘tish bepul. Dasturda tanlab olinganlar (saralanganlar) “turli millatlarga mansub immigrantlar” vizalarini olishga muvofiq bo‘lishlari uchun dasturning oddiy, lekin qat'iy talablariga muvofiq bo‘lishlari shart. Davlat Departamenti saralanganlarni kompyuterlashtirilgan tasodifiy lotereya tanlovi orqali aniqlaydi. Vizalar olti jo‘g‘rofiy mintaqalar orasida taqsimlanadi, va hech qaysi bir davlatga bir yil ichida DV vizalarining yetti foizidan ortig‘i berilmaydi.

Anketa to‘ldirish